Терафлекс® Адванс

Терафлекс® Адванс
MAXSULOT HAQIDA
Терафлекс® Адванс – bu tarkibida og'riqsizlantiruvchi komponenti bo'lgan xondroprotektor. Boshqa dori-vositalardan farqli o'laroq, u nafaqat tog’ay toqimalariga ta'sir qiladi, balki og'riq va yallig'lanishni kamaytiradi.
KOMPONENTLARNING TA'SIRI
XONDROITIN SULFAT VA GLYUKOZAMIN KOMBINATSIYASI
Xondroitin sulfat va glyukozaminning kombinatsiyasining yuqori kunlik dozalari jismoniy mashqlar, yoshga bog'liq o'zgarishlar va osteoartritdagi degenerativ jarayonlar ta'sirida parchalanadigan bo'g'imning tog'ay to'qimalarining tiklanishini rag'batlantiradi.
IBUPROFEN
Ibuprofen bo'g'imdagi og'riq va yallig'lanishni kamaytirishga yordam beradi. Glyukozamin ibuprofenning og'riq qoldiruvchi ta'sirini kuchaytirishi isbotlangan.
TARKIBI
Ta‘sir etuvchi moddalar:
glyukozamin sulfat D-glyukozamin kaliy xlorid sulfat shaklida- 250 mg Xondroitin sulfat natriyli tuzi- 200 mg, ibuprofen - 100 mg.
Yordamchi moddalar:
mikrokristall sellyuloza 17,4 mg, makkajo‘xori kraxmali 4,1 mg, stearin kislotasi 10.2 mg, natriy karboksimetilkraxmal 10 mg, krospovidon 10 mg, magniy stearati 3 mg, kremniy dioksidi 2 mg, povidon 0,3 mg.
QO'LLASH USULI
Kuniga 2 kapsuladan 3 mahal
Shifokor maslahatisiz qabul qilish muddati 3 haftadan oshmasligi kerak
Терафлекс® Адванс qo'llash kursidan keyin va osteoartritda og'riqni qayta kuchayishini davolashdan so'ng, bo'g'imlarning tog’ay to'qimasini tiklash uchun Терафлекс® preparatini (glyukozamin + xondroitin sulfat) uzoq muddatli ishlatishga o'tish tavsiya etiladi.
QO‘LLASH USULI
YO'RIQNOMADAN QO'SHIMCHA MA'LUMOT**
preparatning har qanday tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
asetilsalitsil kislotasiga yoki anamnezida boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi dorilarga yuqori sezuvchanlik;
oshqozon-ichak traktining eroziv va yarali kasalliklari (shu jumladan o'tkir bosqichdagi oshqozon yarasi va o'n ikki barmoqli ichak yarasi, Kron kasalligi, yarali kolit);
bronxial astmaning to'liq yoki to'liq bo'lmagan kombinatsiyasi, burun va burun atrofi sinuslarning takroriy polipozi;
tasdiqlangan giperkalemiya;
gemofiliya va boshqa qon ivishining buzilish kasalliklari (shu jumladan gipokoagulyatsiya), gemorragik diatez;
oshqozon-ichakdan qon ketishi va intrakranial qon ketishi;
og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml / min dan kam), progressiv buyrak kasalliklari;
og'ir jigar yetishmovchiligi yoki aktiv jigar kasalliklari;
og'ir yurak yetishmovchiligi, aortokoronar shuntlashdan keyingi davr;
homiladorlik, laktatsiya davri;
18 yoshgacha bo'lgan davr.
Kapsulalar 250 mg +200 mg + 100 mg.
Qadoqda 120 kapsula.