Терафлекс® Хондрокрем Форте

Терафлекс® Хондрокрем Форте
MAXSULOT HAQIDA
Терафлекс® Хондрокрем Форте – bu bo'g'imlarda va umurtqadagi og'riq va yallig'lanishni mahalliy darajada yengillashtiradigan topik dori.
Терафлекс® Хондрокрем Форте kombinatsiyalangan tarkibi tufayli uch tomonlama ta'sirga ega:
Og'riq va yallig'lanishni kamaytiradi
Qayta tiklashga yordam beradi*
Harakatlar cheklanishini kamaytiradi*
KOMPONENTLARNING TA`SIRI
MELOKSIKAM
Meloksikam-bu og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega bo'lgan nosteroid selektiv yallig'lanishga qarshi dori vositasi. Tashqi foydalanish bilan meloksikam juda oz miqdorda qonga so'riladi, shuning uchun salbiy reaktsiyalarni rivojlanish xavfi juda past.
XONDROITIN SULFAT
Xondroitin sulfat bo'g'imning tog’ay to'qimalarining qurilish materiali bo'lib, bo'g'imni tiklanishiga yordam beradi.
DIMETILSULFOKSID
Dimetil sulfoksid (dimexid), meloksikamni va xondroitin sulfatning og'riq va yallig'lanish o'chog'iga kirib borishini tezlashtiradigan yordamchi komponent.
TARKIBI
Ta‘sir etuvchi moddalar:
Xondroitin sulfat natriylik tuzi - 50 mg, meloksikam - 10 mg.
Yordamchi moddalar:
Dimetilsulfoksid 100 mg, Propilen glikol 100 mg, Makrogol setostearat 12 mg, Setostearil spirti (Setil spirti 60% dan oshmaydi, stearin spirti kamida 40%)-42 mg, suyuq parafin - 100 mg, vazelin - 80 mg, imidomochevina -3 mg, natriy disulfit - 0,5 mg, suv-1,00 g gacha.
QO‘LLASH USULI
Kuniga 2-3 marta og'riqli joyga 1 dan 5 sm gacha krem chizig’ini surting
Mahsulotni qo'llagandan 2 haftadan so'ng shifokor bilan maslahatlashish kerak
Davolashning davomiyligi ko'rsatmalarga va qayd etilgan ta'sirga bog'liq
QO'LLASH SXEMASI
YO'RIQNOMADAN QO'SHIMCHA MA'LUMOT**
Preparatning tarkibiy qismlariga (shuningdek nosteroid yallig'lanishga qarshi dorilarga) yuqori sezuvchanlik, mo'ljallangan qo'llash joyida teri yaxlitligining buzilishi, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Tashqi foydalanish uchun krem, 1% +5%, 30g.
*Bo'g'im sohasida.
**To'liq ma'lumot bilan yo'riqnomadan tanishib chiqishingiz mumkin.