Bo‘g‘imlardagi og‘riq: sabablari, simptomlari, davolash
Bo‘g‘imlardagi og‘riq
Bo‘g‘imdagi og‘riq (yoki boshqacha qilib aytganda – artralgiya) – ko‘plab kasalliklarni tashxislashda muhim simptom. Aynan u suyaklar tutashgan joyda jiddiy o‘zgarishlar boshlanganidan birinchi bo‘lib darak beradi. Har doim ham bo‘g‘imdagi og‘riq shishish, qiyshayish, paypaslanganda kuchli og‘riq yoki qizarish bilan birga kelmaydi. Bemor yirik bo‘g‘imlarning harakatchanligida sezilarli cheklovlardan ham shikoyat qilmaydi. Hatto rentgenologik tekshiruv ham yallig‘lanish belgilarini ko‘rishga imkon bermaydigan holatlar ham mavjud. Ammo bu bo‘g‘imdagi og‘riqni oddiy simptomga aylantirmaydi: u og‘ir organik shikastlanishlar va hatto bo‘g‘imning holatiga aloqador bo‘lmagan patologiyalar haqida signal berishi mumkin.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 40-50 yoshdan oshgan har ikkinchi odamni qo‘l va oyoq bo‘g‘imlaridagi keskin og‘riqlar bezovta qila boshlaydi. 70 yoshdan oshgan shaxslarda tayanch-harakat tizimi kasalliklari yanada tez-tez – 90% hollarda uchraydi.
Bo‘g‘imlardagi og‘riq sabablari
Yoshga oid o‘zgarishlar
Og‘riqlarning mumkin bo‘lgan sabablari orasida bo‘g‘imlarning yoshga oid o‘zgarishlari mavjud: tog‘ay to‘qimasi yupqalashadi va elastikligini yo‘qotadi, bu esa og‘riqli hissiyotlar va harakatlarning qotishiga olib keladi. Shuningdek, bo‘g‘imning «kapsulasi»ni to‘ldiradigan va harakatlanuvchi suyak sirtlari uchun moylash vositasi sifatida kerak bo‘ladigan sinovial suyuqlik kamroq ishlab chiqariladi. Buning natijasida bo‘g‘im sirtlari bir-biriga tegib ketishi, bo‘g‘im esa yeyilishi mumkin. Tog‘aylarning tegishli himoyasi va qo‘llab-quvvatlashisiz osteoartroz va o‘tkir og‘riq bilan birga keladigan boshqa kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bo‘g‘imdagi yoshga oid o‘zgarishlar jarayoni noto‘g‘ri ovqatlanish va tana vaznining oshishi, mushak zaifligi, o‘tmishdagi jarohatlar mavjudligi, kamharakat turmush tarzi yoki, aksincha, ortiqcha jismoniy yuklamalar bilan yomonlashadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, yosh omili tufayli bo‘g‘imlardagi noqulaylik ko‘pincha kuz va bahorda kuchayadi.
Jismoniy yuklamalar
Yuqori jismoniy yuklamalarni mustaqil sabab sifatida ko‘rib chiqish mumkin, bunda hatto yoshlar ham bo‘g‘imlarda sanchiqli yoki o‘tkir og‘riqni his qilishlari mumkin. Imkoniyatlar chegarasidagi intensiv mashg‘ulotlar va og‘ir jismoniy mehnat u yoki bu tarzda tayanch-harakat apparatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu tog‘ayning mikrojarohatlariga va uning muddatidan oldin yemirilishiga olib keladi. Ko‘pincha bunday muammoga professional sportchilar va ma’lum kasb egalari – quruvchilar, konchilar, mexaniklar va boshqalar duch kelishadi.
Kasalliklar
Turli kasalliklar ham bo‘g‘imlarga «zarba berishi» mumkin. Shunday qilib, bo‘g‘im og‘riqlari ko‘pincha organizmning biriktiruvchi to‘qimalari shikastlanadigan revmatik jarayonlar mavjudligini tasdiqlaydi. Bunday holda, og‘riq sindromi ertalabki soatlarda yorqin ifodalanadi va kechga borib pasayish tendentsiyasiga ega. Eng kuchli noqulaylikni inson kaft va oyoq kaftlarining mayda bo‘g‘imlarida sezadi. Ertalab bemor ko‘pincha darhol tura olmaslik va tez yura olmaslikdan azob chekadi – uning tanasi qotib qolgan bo‘ladi.
Ba’zi bemorlarda bo‘g‘imlar tayanch-harakat tizimining boshdan kechirilgan yallig‘lanish kasalligidan keyin og‘riydi. Bunday holda, noqulaylikning o‘z-o‘zidan yo‘qolishini kutish kerak.
Agar og‘riq xurujlar tarzida bo‘lsa, to‘satdan paydo bo‘lgan, sutka davomida kuchaygan va bir necha kun davom etayotgan bo‘lsa, shu bilan birga oyoq bosh barmog‘idagi faqat bitta bo‘g‘im og‘risa, podagrik artritga shubha qilish mumkin, bunda bo‘g‘im tuzilmalarida siydik kislotasi kristallari to‘planadi.
Agar og‘riq juda sekin kuchaysa, yallig‘lanish jarayoni chanoq sohasiga, tizzalarga ta’sir qilgan bo‘lsa, simptomatika jismoniy ish bajarish paytida kuchaysa va tunda susaysa, taxminiy tashxis – «deformatsiyalovchi osteoartroz» bo‘ladi.
Yuqumli kasalliklar ham bo‘g‘im og‘riqlarining sabablari qatoriga kiradi, masalan, ichak kasalliklaridan so‘ng inson tana bo‘g‘imlarining hammasi zirqiraydigan noqulaylikka duch kelishi mumkin. Ularda harakatchanlik saqlanib qoladi, ammo yoqimsiz simptom bir necha kun davom etadi.
Agar inson tanasida surunkali infektsiya o‘choqlari mavjud bo‘lsa, bo‘g‘imlar ham zirqirashi mumkin.
Bo‘g‘im og‘riqlarining kamroq tarqalgan sabablari ro‘yxati juda uzun bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- meteota’sirchanlik (ob-havo o‘zgarishiga sezgirlik);
- og‘ir metallar bilan zaharlanish;
- ba’zi dorivor preparatlarni uzoq muddat qabul qilish;
- postallergik reaktsiyalar;
- psixosomatik buzilishlar.
Bo‘g‘imlardagi og‘riq tasnifi
Bo‘g‘im og‘riqlarining bir nechta tasniflari mavjud. Lokalizatsiya (joylashuv) mezoni bo‘yicha quyidagilar ajratiladi:
- monoartralgiya – bu holda faqat bitta bo‘g‘im shikastlangan;
- oligoartralgiya – bir vaqtning o‘zida turli bo‘g‘imlar og‘riydi, lekin to‘rttadan ko‘p emas;
- poliartralgiya – noqulaylik tananing 4 dan ortiq bo‘g‘imida seziladi.
Shikastlanish xarakteriga ko‘ra patologiya noyerli va yallig‘lanishli xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Postyallig‘lanishli artralgiya va psevdoartralgiya alohida guruhlarga ajratiladi.
Bo‘g‘imlardagi og‘riqlar turli sharoitlarda namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich og‘riqlarni inson harakatning eng boshida – oyoq-qo‘llarining holatini o‘zgartirishga, turishga yoki boshqa tezlikda yurishga urinishda sezadi. Tungi og‘riqlar inson tinch holatda bo‘lganida, tungi dam olish davrida bezovta qiladi. Bunday noqulaylik ko‘pincha uyqu buzilishlariga sabab bo‘ladi va hayot sifatini sezilarli darajada yomonlashtiradi. Qaytgan (aks etgan) og‘riqlarni aslida normal holatdan og‘riqli og‘ishlar bo‘lmagan zonalarda sezish mumkin. Shuningdek, ma’lum mashqlar yoki harakatlarni bajarish vaqtida yoki undan keyin yuzaga keladigan mexanik og‘riqlar ham mavjud.
Bundan tashqari, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar xarakteri bo‘yicha farqlanadi. Ular quyidagicha bo‘ladi:
- o‘tmas va o‘tkir;
- doimiy va o‘tkinchi;
- kuchsiz, o‘rtacha va intensiv.
Bunday tasnif ko‘proq sub’yektiv bo‘lib, inson organizmining individual xususiyatlariga bog‘liq.
Bo‘g‘imlardagi og‘riq diagnostikasi
Nega oyoq va qo‘l bo‘g‘imlari og‘riyotganini tushunish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Shifokor bemorga bir qator diagnostika muolajalarini tayinlaydi. Avvaliga laboratoriya tahlillari topshiriladi:
- Qonning umumiy tahlili. Bo‘g‘imning shikastlanish xarakteri va uning ifodalanganlik darajasini hisobga olgan holda og‘ishlarni aniqlash imkonini beradi.
- Qonning biokimyoviy tahlili. Bo‘g‘imlarning yallig‘lanishida C-reaktiv oqsil, fibrinogen, umumiy oqsil, seromukoid darajalari, difenilamin reaktsiyasi, shuningdek, revmatik tashxisni tasdiqlovchi ba’zi boshqa ko‘rsatkichlarga qaraladi.
Qo‘shimcha ravishda quyidagi tekshiruvlar tayinlanishi mumkin:
- Rentgenografiya. Og‘riqli bo‘g‘imlarda uni o‘tkazish majburiydir, chunki suratlarsiz shifokor differentsial tashxis qo‘ya olmaydi va suyak tizimining shikastlanish darajasini baholay olmaydi;
- Kompyuter tomografiyasi. Suyaklarning jarohatlangan yoki yallig‘langan zonalarining joylashishini o‘rganish uchun ishlatiladi;
- Ultrasonografiya (UZI) – bo‘g‘imni va unga yondosh to‘qimalarni batafsil tasvirlaydigan mavjud diagnostika usuli;
- Densitometriya. Suyak zichligi qanchalik saqlanganligini ko‘rsatadigan qo‘shimcha diagnostika turi. Osteoporozni tashxislash uchun ishlatiladi;
- Artroskopiya. Muolaja davomida mutaxassis bo‘g‘imning tuzilishini, uning strukturasini vizual tarzda o‘rganadi, kerakli uchastkadan to‘qimalar namunasini oladi;
- Radionuklid (radioizotop) skanerlash. Bo‘g‘im kasalliklarining dastlabki bosqichlarida samarali;
- Artrografiya. Bo‘g‘im ichiga shifokor maxsus kontrast moddalar kiritadi (kontrast ishlatilmasligi ham mumkin). Boshlang‘ich rasmning o‘zgarishi unga bo‘g‘imning qiyin erishiladigan qismlarida shikastlangan bo‘limlar mavjudligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Agar shifokor zarur deb hisoblasa, biopsiya – shikastlangan sohadan hujayralarni diagnostik olish o‘tkaziladi.
Bo‘g‘imlardagi og‘riqni davolash
Artralgiya (bo‘g‘im og‘rig‘i)ni davolash faqat shifokorlar simptomning sababini aniqlasalar, u qaysi kasallikning rivojlanishidan signal berayotganini aniqlasalar samarali bo‘ladi. Yallig‘lanishni bartaraf etish uchun bemorga quyidagilar tayinlanishi mumkin:
- Xondroprotektorlar – osteoartrozning rivojlanishini sekinlashtiradi, tog‘ayning yemirilish jarayonlarining oldini olishga yordam beradi, yallig‘lanishni kamaytiradi; ushbu guruhdagi keng ma’lum dori vositasiga misol Teraflex® preparati bo‘lib, uning tarkibiga glyukozamin va xondroitin sulfat kiradi, bu komponentlar tog‘ayda regenerativ jarayonlarni faollashtiradi, buning hisobiga og‘riqlar asta-sekin yo‘qoladi, bemorning ahvoli yaxshilanadi;
- Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar – og‘riq hislarini bartaraf etadi, yallig‘lanish reaktsiyalarining tarqalishiga to‘sqinlik qiladi, tana haroratini normallashtiradi;
- Miorelaksantlar – skelet mushaklari qotishini minimallashtirishga mo‘ljallangan;
- Antibakterial preparatlar – infeksion tabiatli artritlarda qo‘llaniladi;
- Vitamin-mineral komplekslar – bo‘g‘imlarning normal ishlashi va ularning tezroq tiklanishi uchun D, A, E, C, B guruh vitaminlari zarur. Shuningdek, kaltsiy, magniy va selen ham muhimdir;
- Gormonal preparatlar — steroidlar – yaqqol va kuchli yallig‘lanishda, nosteroid preparatlar bilan davolash samaradorligi bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi.
Planshetlarni qabul qilish, dorivor vositalarni mushak ichiga va vena ichiga yuborish bilan bir qatorda bemorga isituvchi, og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi malhamlar va kremlar tayinlanishi mumkin.
Agar sanchiqli og‘riq chidab bo‘lmas darajada bo‘lsa, nerv tugunlarining blokadasi bajarilishi mumkin. Muolaja davomida og‘riq simptomlarini bir muncha vaqtga unutishga yordam beradigan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar ishlatiladi.
Bo‘g‘im og‘riqlarini davolashning qo‘shimcha usullari orasida ajratib ko‘rsatish mumkin:
- davolovchi jismoniy tarbiya (LFK);
- massaj;
- manual terapiya;
- mexanoterapiya;
- maxsus uskunalar yordamida bo‘g‘imlarni tortish (vytyajeniye);
- parhez (dieta).
Fizioterapevtik muolajalardan bemorga quyidagilar ko‘rsatilgan:
- zarbli-to‘lqinli terapiya;
- lazeroterapiya;
- fonofarez;
- miostimulyatsiya;
- magnitoterapiya va boshqalar.
Preparatlar
Teraflex® Bo‘g‘imlardagi og‘riqqa qarshi
Bo‘g‘imlardagi og‘riqqa qarshi Teraflex® qatori maxsus bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasi salomatligini davolash va qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan. Teraflex® qatori vositalari yoshga oid va gormonal jarayonlar, yuqori jismoniy yuklamalar va boshqa bir qator sabablar ta’siri ostida yemiriladigan bo‘g‘imning tog‘ay to‘qimasini tiklashga yordam beruvchi xondroprotektorlar guruhiga kiradi.
Og‘riq sindromini jarrohlik yo‘li bilan davolash
Murakkab holatlarda bir yoki bir necha bo‘g‘im sohasidagi og‘riqli hissiyotlarni noinvaziv usullar yordamida bartaraf etishning iloji bo‘lmaydi. Bunday holda bemorga operatsiya qilish tavsiya etiladi. Bu quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- Artroskopik debridment – jarroh mayda kesmalar qiladi va ular orqali bo‘g‘im bo‘shlig‘idan o‘lik to‘qimalarni olib tashlaydi, operatsiya zamonaviy endoskopik uskunalarni qo‘llashni nazarda tutadi.
- Punktsiya – maxsus igna yordamida shifokor bo‘g‘imdan to‘plangan suyuqlikni tortib oladi.
- Bo‘g‘im atrofi osteotomiyasi – yuklanishni kamaytirish va shikastlangan bo‘g‘imning harakatchanligini yaxshilash maqsadida doktor bo‘g‘im suyaklarini ma’lum burchak ostida bitishi uchun kesib qo‘yadi.
- Endoprotezlash – juda jiddiy operatsiya bo‘lib, faqat bo‘g‘imni tiklashning iloji bo‘lmagan taqdirdagina qo‘llaniladi, shunda uning o‘rniga protez o‘rnatiladi.
Muayyan bemorga bo‘g‘im og‘riqlarini davolashning qaysi usuli ko‘rsatilganligini shifokor yoshini, anamnezini, simptomatikasini va ba’zi boshqa omillarni hisobga olgan holda individual tartibda hal qiladi.
Profilaktika
Bo‘g‘imlarning shikastlanishini oldini olish uchun to‘g‘ri ovqatlanishga maksimal darajada e’tibor qaratish kerak. Kundalik ratsionda barcha zarur vitaminlar va minerallar bo‘lishi kerak. Zararli ovqatlardan voz kechish, go‘sht iste’molini haftasiga 2-3 martagacha cheklash va baliq taomlariga o‘tish – bu tayanch-harakat apparatining ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, quyidagilar muhimdir:
- sovqotmaslik;
- o‘rtacha faol turmush tarzini olib borish;
- yomon odatlardan voz kechish;
- sutkasiga kamida 8 soat uxlash;
- muntazam toza havoda sayr qilish;
- bir holatda uzoq turishdan saqlanish.
Agar bo‘g‘imdagi noqulaylik baribir yuzaga kelsa, tekshiruvdan o‘tish kerak. Yallig‘lanish jarayoniga shubha bo‘lganida o‘z-o‘zini davolash mumkin emas.
1. GRShB bazasi ma’lumotlariga ko‘ra 27.07.2018 yildan tarkibi bo‘yicha analoglarga ega emas.
2. “DSM Group” AJ auditi ma’lumotlariga ko‘ra (yanvar - iyul 2019), Teraflex® preparati glyukozamin va xondroitin asosiy faol moddalar bo‘lgan savdo nomlari orasida kurs davomida qabul qilishda glyukozamin va xondroitinni jamlab eng katta dozada saqlaydi. 187 /bx.
3. Plaper, P.G., Scheinberg, M., Ecclissato, C., Oliveira, M. & Amazonas, R. Double-blind, randomized, double-dummy clinical trial comparing the efficacy of ketorolac trometamol and naproxen foe acute low back pain. DDDT 1987 (2016) doi:10.2147/DDDT.S97756.
4. Krebs EE Effect of Opioid vs Nonopioid Medications on Pain-Related Function in Patients With Chronic Back Pain or Hip or Knee Osteoarthritis Pain: The SPACE Randomized Clinical Trial. JAMA. 2018 Marr 6;319(9):872-882.