Yelka va yelka bo‘g‘imidagi og‘riq: sabablari va davolash 

Yelka bo‘g‘imlari sohasidagi og‘riqlar – keng tarqalgan holat. Ko‘pincha bu vaqti-vaqti bilan bezovta qiladigan va noqulaylik tug‘diradigan sanchiqli og‘riqdir. Og‘riq hislarining intensivligi va xarakteridan qat’i nazar, og‘riqlarni bartaraf etish mumkin. Buning uchun quyidagilar talab qilinadi:

  • to‘g‘ri tashxis qo‘yish;
  • adekvat terapiyani boshlash.

Yelka-kurak atrofidagi periartrit

Yelkalardagi sanchiqli og‘riqlarni keltirib chiqaradigan kasalliklar orasida yelka-kurak atrofidagi periartrit (“muzlatilgan yelka”)1. ajralib turadi. Kasallik 50% dan ortiq hollarda yelka bo‘g‘imidagi og‘riq sindromini qo‘zg‘atadi1,2. Kasallik quyidagi holatlarda yuzaga keladi:

  • qo‘l bilan keskin noto’g’ri harakat qilinganda;
  • qo‘llar odatlanmagan jismoniy ish bilan ortiqcha yuklanganda;
  • jarohat, yelkaga yoki cho‘zilgan qo‘lga yiqilish sodir bo‘lganda3.

Yelka-kurak atrofidagi periartritda asosiy simptomlar – yelkada sanchiqli og‘riq, ko‘pincha bir tomonlama, shuningdek, harakatlarning cheklanishidir. Avvaliga og‘riqlar kuchli bo‘lmaydi, ammo kasallik rivojlanishi bilan juda intensiv bo‘lib qolishi mumkin.

Churra va umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq muammolar

Yelka bo‘g‘imidagi og‘riqdan aziyat chekayotgan bir qator bemorlarda og‘riq sindromi bo‘yin va ko‘krak umurtqa pog‘onasi kasalliklari, masalan, disk churrasi2,4 bilan bog‘liq. Bo‘yin-ko‘krak qismidagi muammolarda inson nafaqat yelka sohasida, balki butun qo‘l-oyoqda keskin og‘riqni his qiladi. Shu bilan birga, bemor qo‘lini deyarli erkin harakatlantirishi mumkin. Og‘riqlar odatda intensiv, bir tomonlama bo‘lib, tunda bezovta qilishi mumkin.

Artroz

Yelka bo‘g‘imi artrozi odatda 45 yoshdan keyin yuzaga keladi². Bu og‘ir yuklarni ko‘taradigan erkaklar kasalligi hisoblanadi. Ko‘pincha kasallikdan professional sportchilar ham aziyat chekishadi: xususan, yengil atletikachilar va og‘ir atletikachilar, tennischilar. Artrozning asosiy simptomlari orasida:

  • qo‘l-oyoqlar harakati paytida yuzaga keladigan o‘rtacha og‘riq;
  • yelka harakatchanligining biroz pasayishi;
  • qirsillash;
  • yaqin atrofdagi mushaklarning atrofiyasi.

Artrit

Artritning har qanday turida (psoriatik va revmatoid) yelka bo‘g‘imida yallig‘lanish belgilari fonida sanchiqli og‘riq seziladi, shishishlar va qizarishlar paydo bo‘ladi.

Keng tarqalgan artritda yallig‘lanish jarayoni odatda tizza va oyoq kaftlari, ikkala qo‘l-oyoqning barmoqlarida boshlanadi. Eng intensiv og‘riqlar chuqur tunda sodir bo‘ladi: bu vaqtda tana a’zolarining barcha qismlari tinch holatda bo‘ladi. Odatda og‘riqni kichik isinish mashqlari yordamida kamaytirish mumkin4.

Bekxterev kasalligi

Ankilozlovchi spondiloartrit (Bekxterev kasalligi) ko‘pincha yosh erkaklarga ta’sir qiladi.

Bekxterev kasalligi radikulit, odatda bo‘yin yoki bel radikuliti simptomlari bilan boshlanadi. Kasallikning ma’lum bir bosqichida qo‘lga yoki oyoqqa keskin otuvchi og‘riqlar boshlanadi. Bunday bemorlarga ko‘pincha noto‘g‘ri osteoxondroz tashxisi qo‘yiladi. Shunga qaramay, tajribali shifokor quyidagilarga e’tibor qaratadi:

  • og‘riq hislarining ritmikligi (tongga yaqin kuchayishi va kun davomida pasayishi);
  • belning qotib qolishi (tunning oxiriga yaqin eng ko‘p seziladi va tushga yaqin deyarli yo‘qoladi);
  • bemorning yoshi (odatda osteoxondrozdan yoshi kattalar, Bekxterev kasalligidan esa yoshlar aziyat chekishadi).

Kamdan-kam hollarda yelkalardagi og‘riqlar tomirlar, qon aylanishi yoki jigar bilan bog‘liq muammolar tufayli bo‘yin mushaklarining qotib qolishi bilan qo‘zg‘atiladi2.

To‘satdan chap yelkani sanchib o‘tgan o‘tkir og‘riq yurak xurujidan darak berishi mumkin. Bunday holda, zudlik bilan kardiologga murojaat qilish kerak. O‘ng yelkadagi keskin og‘riq ba’zida O‘TK (o‘t-tosh kasalligi) ning birinchi simptomi bo‘lishi mumkin2.

Agar sizni yelkada o‘tkir yoki sanchiqli og‘riq bezovta qila boshlagan bo‘lsa, og‘riq sindromining sababini imkon qadar tezroq aniqlash kerak. Tashxis qo‘yish uchun mutaxassisga murojaat qilish zarur. Tekshiruvlardan so‘ng shifokor yelkadagi og‘riqni nima bilan davolashni aniq aniqlay oladi4.

Agar og‘riq jarohat natijasi bo‘lsa, shikastlangan joyga fiksatsiyalovchi bog‘lam qo‘yiladi. Og‘riq sindromini yengillashtirish va yallig‘lanish jarayonining rivojlanishini to‘xtatish uchun shifokor planshetlar, inyeksiyalar, gellar va malhamlar ko‘rinishida nosteroid, steroid va analgetiklar orasida eng kuchli bo‘lgan opioidlarni buyuradi4.

Funktsional bloklarni bartaraf etish, og‘riqlarni bostirish va harakat funktsiyalarini tiklash uchun manual terapiya buyuriladi. Yelka mushaklarini bo‘shashtirish uchun mutaxassis davolovchi massaj o‘tkazadi2. Tog‘ay to‘qimasini tiklash uchun shifokor xondroprotektorlar buyuradi. Vitaminli preparatlar davolash jarayonini tezlashtirishga yordam beradi4.

Xondroitin va glyukozamin asosida kombinatsiyalangan xondroprotektor Teraflex® yaratilgan. Bunday kombinatsiya bo‘g‘imlardagi intensiv og‘riqlarni davolashda samaradorlikni ko‘rsatdi. Teraflex® ni qabul qilish bemorlarning ahvolini yaxshilashga va tizimli qo‘llanilganda yelkadagi og‘riqni kamaytirishga yordam beradi.

Xondroitin va glyukozaminni bo‘g‘imlar tog‘ay to‘qimasining regeneratsiya jarayonlari uchun qabul qilish samaradorligi ko‘plab tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.

Teraflex® kursidan so‘ng Teraflex® Ultra  qo‘llashga o‘tish tavsiya etiladi.

Yelka funktsiyalarini tiklashga reabilitatsiya yordam beradi: u maxsus LFK mashqlari (davolovchi jismoniy tarbiya), davolovchi uskunalarda mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Bunda yelkadagi og‘riq bilan bog‘liq aniq tashxisni faqat mutaxassis qo‘ya oladi.

Yelka bo‘g‘imidagi og‘riqqa mahalliy ta’sir ko‘rsatish uchun Teraflex® Xondrokremi Forte. Xondrokremi Forteni qo‘llash tavsiya etiladi. Meloksikam va xondroitin sulfatning faol moddalar kombinatsiyasi hisobiga u bo‘g‘im sohasidagi og‘riq, yallig‘lanish va qotib qolishni kamaytirishga yordam beradi, yordamchi modda dimexid esa faol moddalarning teriga maksimal kirib borishini ta’minlaydi.

1. GRShB bazasi ma’lumotlariga ko‘ra 27.07.2018 yildan tarkibi bo‘yicha analoglarga ega emas. 

2. “DSM Group” AJ auditi ma’lumotlariga ko‘ra (yanvar - iyul 2019), Teraflex® preparati glyukozamin va xondroitin asosiy faol moddalar bo‘lgan savdo nomlari orasida kurs davomida qabul qilishda glyukozamin va xondroitinni jamlab eng katta dozada saqlaydi. 187 /bx.

3. Plaper, P.G., Scheinberg, M., Ecclissato, C., Oliveira, M. & Amazonas, R. Double-blind, randomized, double-dummy clinical trial comparing the efficacy of ketorolac trometamol and naproxen foe acute low back pain. DDDT 1987 (2016) doi:10.2147/DDDT.S97756.

4. Krebs EE Effect of Opioid vs Nonopioid Medications on Pain-Related Function in Patients With Chronic Back Pain or Hip or Knee Osteoarthritis Pain: The SPACE Randomized Clinical Trial. JAMA. 2018 Marr 6;319(9):872-882.

Терафлекс® lineykasi

Терафлекс Core (обычный)

Терафлекс®

Bo'g'imlarning osteoartrozi va umurtqa osteoxondrozni davolash uchun dori vositasi
 

Yo'riqnoma

 

Vaqtinchalik dorixonalarda mavjud emas

Терафлекс Ультра

Терафлекс® Ультра1

Bo'g'im osteoartrozi va umurtqa osteoxondrozida bo’g’imlar va umurtqa pog'onasini sog'lom saqlash uchun vosita

Yo'riqnoma

Biologik faol oziq-ovqat qo'shimchasi, dori emas

Sotib olish

Терафлекс Адванс

Терафлекс® Адванс

O'rtacha og'riq bilan kechadigan  bo'g'imlar osteoartrozi va umurtqa osteoxondrozini davolash uchun dori vositasi

Yo'riqnoma

 

 

 
 

Sotib olish

Терафлекс ХондроКРЕМ

Терафлекс® Хондрокрем Форте

Bo’g’imlar osteoartrozida va umurtqa osteoxondrozida og'riqni kamaytirish uchun dori vositasi

 

Yo'riqnoma


 


 

Sotib olish